O‘zbekiston | 13:22 / 20.01.2020
29465
2 daqiqa o‘qiladi

Tibbiyot sohasida juda ko‘p muammolar bor – Prezident

Ayni vaqtda, Oliy Majlis binosida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishdan xabaringiz bor. Unda ishtirok etayotgan prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot sohasiga oid muammolar bo‘yicha ham fikrlarini aytib o‘tdi.  

“Tibbiyot sohamizda juda katta muammolar bor. Odamlar tibbiyotdan, dorilarning narxidan norozi. Tibbiyot oliygohlarimiz sifati qoniqtirmaydi. Hozirgi kunda 13 ming nafar shifokor yetishmaydi. Men ularni ko‘paytirishga, binolarni qurishga roziman, lekin talabalarga ta'lim beradigan domlalarni qayerdan topamiz?  

Umuman, Qonunchilik Palatasiga sog‘liqni saqlash tizimini nazorat qilish ishonib topshirilgan edi. Afsuski Palataning bu boradagi ishlari hali biz kutgan natijani bermayapti va bunday holat meni jiddiy tashvishga solmoqda”–, dedi prezident.

Shuningdek davlat rahbari onkologik, endokrinologik, yurak qon-tomir tizimidagi kasalliklarni davolash bo‘yicha ishlari talab darajasida emasligi, eng achinarlisi, ayrim tibbiyot maskanlarining o‘zi infeksiya tarqalish manbai bo‘lib qolayotganiga ham to‘xtaldi.

Mavzuga oid