O‘zbekiston | 18:46 / 21.01.2020
142313
3 daqiqa o‘qiladi

Tomskdagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar shaxsiga aniqlik kiritildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi 21 yanvar kuni Rossiyaning Tomsk viloyatida bir qavatli yog‘ochdan qurilgan uyda ro‘y bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan 10 nafar o‘zbekistonlikning 9 nafarining shaxsiga aniqlik kiritdi.

Tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining 8 nafari Navoiy viloyatidan bo‘lgani aniqlangan:

  • Murtazoyev Shahzod Sanjar o‘g‘li, 1999 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).
  • Elmurodov Temur Damir o‘g‘li, 1994 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).
  • Mo‘minov Xurshid Mexriddin o‘g‘li, 1997 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).
  • G‘aybulloyev Ramziddin Mehriddin o‘g‘li, 1998 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).
  • Ergashev Hoshimjon O‘tkir o‘g‘li, 1999 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).
  • Hasanov Bunyod Karim o‘g‘li, 1994 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).
  • Norov Mehriddin G‘aybulloyevich, 1966 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).
  • Boymurodov Keldiyor Kandiyorovich, 1987 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).
  • Hasanov Umid Karimovich, 1979 y.t. (Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qilgan).

Hozirda yong‘in natijasida halok bo‘lgan o‘ninchi o‘zbekistonlikning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

21 yanvarga o‘tar kechasi Rossiyaning Tomsk viloyati Asino tumani Prichulimskiy aholi yashash punkti Svoboda ko‘chasidagi bir qavatli yog‘ochdan qurilgan 1/3-uyda yong‘in ro‘y berdi. Uyning 208 metr kvadrat maydoni yonib ketgan. Yong‘in oqibatida uyning tomi qulab tushgan. Yong‘in oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, ulardan 10 nafari O‘zbekiston fuqarolari.

Ikki kishi yonayotgan uydan qochib chiqishga ulgurgan. Ularga ambulator tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Yonib ketgan uyda jami bo‘lib 14 kishi yashagan. Ular «Grinvud» yog‘och tayyorlash kompaniyasi ishchilari bo‘lgan.

Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 109-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Taxminlarga ko‘ra, uydagi elektr jihozlarning nosozligi yong‘in sababi bo‘lgan.

Mavzuga oid