Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple arzon iPhone ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
Foto: AFP/Getty Images
Apple kompaniyasi fevralda arzon iPhone yig‘ishni boshlaydi, deb xabar berdi Bloomberg o‘z manbasiga tayanib. Yangi telefon mart oyida taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, u kompaniyaning iPhone SE davridan buyon chiqarilgan birinchi arzon telefoni bo‘ladi. U iPhone 8 ko‘rinishida bo‘lib, ekran diagonali 4,7 dyuymga teng bo‘ladi. Touch ID funksiyasi "Uyga" tugmasiga joylashtirilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, yangi telefon iPhone 11dagi kabi protsessorga ega bo‘ladi.
Bloomberg manbasining so‘zlariga ko‘ra, Apple yangi iPhone yordamida mobil qurilmalar bozoridagi o‘rnini kengaytirmoqchi.
Mavzuga oid
14:25 / 25.12.2025
2025 yilda ayfonlarning 70 foizi Rossiyaga yashirin sxemalar orqali olib kirilgan
22:41 / 18.12.2025
Apple 2026 yilda iPhone Pro dizaynini tubdan o‘zgartiradi
14:03 / 17.12.2025
iMac Pro qaytmoqda: nimalar ma’lum va nimani kutish mumkin?
12:44 / 16.12.2025