Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIB boshlig‘iga pora bermoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi
Nukusda ichki ishlar xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga tushdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Nukus shahar IIO FMB 5-sonli IIB boshlig‘i, podpolkovnik A.Bekmuratovga Nukus shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi va 228-moddasi 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan, Nukus shahrida yashovchi fuqaro A.I. o‘ziga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ijobiy hal qilib berish evaziga pora tariqasida 1.200 AQSh dollari puli taklif qilgan.
15 yanvar kuni fuqaro A.I. podpolkovnik A.Bekmuratovga o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni ijobiy hal qilib berish evaziga taklif qilgan 1.200 AQSh dollaridan 300 AQSh dollarini pora tariqasida berayotgan vaqtida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘z xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha bo‘limi hamda jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Nukus shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:51
Toshkent viloyatida advokat 10 ming dollar bilan ushlandi
10:43 / 01.04.2026
Toshkentda pora bilan ushlangan bosh mutaxassis qochmoqchi bo‘ldi
14:14 / 23.03.2026
Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi pora bilan qo‘lga olindi
09:48 / 23.03.2026