Tomskdagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘ninchi o‘zbekistonlikning shaxsi aniqlandi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi 21 yanvar kuni Rossiyaning Tomsk viloyatida bir qavatli yog‘ochdan qurilgan uyda ro‘y bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan yana bir o‘zbekistonlikning shaxsiga aniqlik kiritdi.
U 1998 yilda tug‘ilgan, Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan Muhammadali Zokir o‘g‘li Zokirov bo‘lgan.
Avvalroq fojia oqibatida halok bo‘lgan to‘qqiz o‘zbekistonlikning ro‘yxati e'lon qilingan, ularning sakkiz nafari Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidan edi:
1. Murtazoyev Shahzod Sanjar o‘g‘li, 1999 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)
2. Elmurodov Temur Damir o‘g‘li, 1994 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)
3. Mo‘minov Xurshid Mehriddin o‘g‘li, 1997 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)
4. G‘aybulloyev Ramziddin Mehriddin o‘g‘li,1998 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)
5. Ergashev Hoshimjon O‘tkir o‘g‘li, 1999 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)
6. Hasanov Bunyod Karim o‘g‘li, 1994 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)
7. Norov Mehriddin G‘aybullayevich, 1966 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)
8. Boymurodov Keldiyor Kandiyorovich, 1987 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)
9. Hasanov Umid Karimovich, 1979 yil (Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qilgan)
«O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi yuzaga kelgan ayanchli hodisa oqibatida vafot etgan vatandoshlarimizning oila a'zorlariga chuqur hamdardlik bildiradi», — deyiladi vazirlik xabarida.
21 yanvarga o‘tar kechasi Rossiyaning Tomsk viloyati Asino tumani Prichulimskiy aholi yashash punkti Svoboda ko‘chasidagi bir qavatli yog‘ochdan qurilgan 1/3-uyda yong‘in ro‘y berdi. Uyning 208 metr kvadrat maydoni yonib ketgan. Yong‘in oqibatida uyning tomi qulab tushgan. Yong‘in oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, ulardan 10 nafari O‘zbekiston fuqarolari.
Ikki kishi yonayotgan uydan qochib chiqishga ulgurgan. Ularga ambulator tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Yonib ketgan uyda jami bo‘lib 14 kishi yashagan. Ular «Grinvud» yog‘och tayyorlash kompaniyasi ishchilari bo‘lgan.
Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 109-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Taxminlarga ko‘ra, uydagi elektr jihozlarning nosozligi yong‘in sababi bo‘lgan.
Bundan avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘rsatmasiga asosan hodisa yuzasidan hukumat komissiyasi tuzilgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
11:30 / 25.11.2024
Toshkentda Epica va Spark to‘qnashishi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi
09:33 / 25.11.2024
Toshkentdagi uylarning birida yong‘in kelib chiqdi
18:12 / 24.11.2024
Filippin poytaxtida yong‘in boshlandi: mingga yaqin uy yonib ketdi
23:39 / 20.11.2024