Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyadagi shaharlardan birida uylar bir yevrodan sotilmoqda
Italiyaning Neapol shahridan ikki soatlik masofada joylashgan Bizachcha shahrida uylar bir yevrodan sotilmoqda, deb yozadi The Sun gazetasi.
Bizachcha shahri meriyasi shaharni qayta tiklashga harakat qilmoqda. Shahar zilzilalardan zarar ko‘rgan bo‘lib, aholining aksariyati bu yerni tark etgan. Ko‘plab binolar bo‘shab qolgan. Meriya 90ta uyni sotuvga qo‘ydi.
Ko‘chmas mulk sotib olishni istagan xaridor uni rekonstruksiya qilish majburiyatini oladi. Bunda unga vaqt borasida cheklov qo‘yilmagan, shuningdek, minimal xarajat miqdori ham belgilanmagan.
Shahar meri o‘rinbosari Franchesko Tartalya bu odamlarning Bizachchaga kelishlariga yordam berishiga umid qilmoqda. Uylar sobiq egalari emas, meriya tasarrufida ekanligi shartnoma tuzishni yanada osonlashtiradi.
Mavzuga oid
10:10
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
20:36 / 20.05.2026