Jamiyat | 12:16 / 23.01.2020
13305
2 daqiqa o‘qiladi

Quyi Chirchiqda pichoqbozlik sodir bo‘ldi

Foto: Tergov departamenti

2020 yil 18 yanvar kuni taxminan soat 22:30larda 57 yoshli B.M. Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani Kushek mahallasida yashovchi mahalladoshining uyida qo‘shnisi 36 yoshli G.A. bilan birgalikda spirtli ichimlik iste'mol qilib o‘tirgan vaqtlarida o‘zaro janjallashib qolib, B.M. stol ustidagi oshxona pichog‘i bilan G.A.ning qorin sohasiga bir marta sanchib tan jarohati yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida aytilishicha, sudga oid tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra G.A. “og‘ir” tan jarohati olganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Quyi Chirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va unga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e'lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid