Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning yana 8 ta shahri koronavirus sababli yopildi
Xitoyning Xubey provinsiyasidagi Uxan va Xuangan shaharlaridan keyin yana 8 ta shahar – Chibi, Echjou, Syantao, Chjitszyan, Tsyanszyan, Xuanshi, Enshi va Syannin yangi turdagi koronavirus sababli vaqtinchalik yopildi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
Ushbu shaharlarda jamoat transporti vaqtinchalik to‘xtatilgan.
Koronavirus paydo bo‘lgan Uxan shahrida eng qat'iy karantin rejimi amal qilib, bu yerda 23 yanvar soat 10dan avtobuslar, paromlar, metro qatnovi to‘xtatilgan, shaharga yo‘lovchi avtobuslari va suv transporti kiritilmayapti, shaharning aeroportidan parvozlar va temir yo‘l stansiyalaridan qatnov to‘xtatilgan. Shaharga alohida zaruratsiz bormaslik va u yerni tark etmaslik tavsiya qilingan.
Echjou shahrida ham 23 yanvar ertalabdan temir yo‘l harakati, Syantaoda esa soat 17.00dan barcha avtobuslar va suv transporti harakati to‘xtatilgan. Shu vaqtdan boshlab Chjitszyanda ham transport qatnovi to‘xtatilgan, shaharda faqat supermarketlar, shifoxonalar, bozorlar, AYoQShlar, dorixonalar ishlamoqda, qolgan turdagi tijoriy faoliyat to‘xtatilgan.

Mavzuga oid
08:50
Xitoy energiya sohasida yangi jahon rekordini o‘rnatdi
23:59 / 12.07.2026
Xitoyliklar telefonlaridan ko‘ra elektromobillarini tezroq yangilashmoqda
00:34 / 12.07.2026
Xitoy Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ishdan chiqaruvchi qurolini namoyish etdi
20:21 / 10.07.2026