Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Maskning boyligi bir haftada 2 mlrd dollarga ko‘paydi
Amerikalik tadbikor Ilon Maskning boyligi u tomonidan boshqariluvchi Tesla kompaniyasi kapitallashuvi o‘sgani ortida bir haftada 2,1 mlrd dollarga ko‘paydi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Maskning boyligi 20 yanvarda 30,9 mlrd dollardan oshgan, 23 yanvarda 33,3 mlrd dollarga yetgan va 24 yanvarda 33 mlrd dollargacha kamaygan. 25 yanvarda Mask boyligi o‘zgarishsiz qolgan, chunki AQShda shanba va yakshanba kunlari birja savdolari o‘tkazilmaydi.
Umuman olganda, Maskning boyligi yil boshidan 5,4 mlrd dollarga, oxirgi 12 oy ichida esa 10 mlrd dollarga ko‘paygan. Bloomberg’ning fikricha, milliarderning Tesla’dagi ulushi eng serdaromadi hisoblanadi.
Amerikalik tadbirkor Forbes talqiniga ko‘ra dunyoning eng badavlat odamlari ro‘yxatida 28-o‘rinni egallamoqda.
22 yanvarda Tesla aksiyalari narxi oshishi ortida kompaniya kapitallashuvi 100 mlrd dollardan oshgandi. Biroq bu qiymat 24 yanvarda savdolar yopilishi oldidan 92 mlrd dollargacha kamaygan.
Mask shuningdek SpaceX kompaniyasiga rahbarlik qiladi.
Mavzuga oid
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
11:40 / 12.06.2026
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
10:03 / 12.06.2026