Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘rov: Bola qanday sabablarga ko‘ra zo‘ravonlikka uchrashi mumkin?
Ta'lim muassasalarida va oilada voyaga yetmagan bolalarning zo‘ravonlik va tazyiqqa uchrashi, kaltaklanishiga nimalar sabab bo‘lishini o‘rganish maqsadida ilmiy tadqiqot o‘tkazildi. «Oila» ilmiy-amaliy tadiqot markazi va Respublika bolalarni ijtimoiy moslashtirish markazi hamkorligida o‘tkazilgan tadqiqotda o‘qituvchilar so‘rovnomaga jalb qilindi.
Ta'lim muassasasida bolaning zo‘ravonlikka uchrashiga asosiy sabab sifatida o‘qituvchilarning 31,7 foizi o‘quvchining ta'lim dargohi qonun-qoidalariga rioya qilmasligini ko‘rsatgan. Respondentlarnig 30,1 foizi dars mashg‘ulotlariga tayyorlanmaslik, 18,8 foizi o‘qituvchini hurmat qilmaslik, qo‘pollik qilishni bunday holatga asosiy omil deb bilishini bildirgan.
«Bolaning oilada zo‘ravonlikka uchrashiga asosiy sabab nima?» degan savolga ta'lim muassasasi xodimlarining 43,8 foizi ota-onaning tarbiya borasidagi salohiyati pastligi, 22,7 foizi oiladagi nosog‘lom psixologik muhit, 20,1 foizi bolaning ota-ona g‘azabini qo‘zg‘atuvchi xatti-harakatlarni qilishi deya javob bergan.
Mavzuga oid
16:20 / 29.04.2026
Denovda «Shakki» laqabli zo‘ravon bir yigitni urib o‘ldirgani aytilmoqda
17:40 / 25.04.2026
Samarqandda vasiy ayol qizaloqlarga zo‘ravonlik qildi
11:32 / 20.04.2026
Voyaga yetmaganlar xavfsizligiga doir yangi huquqiy normalar joriy etildi
16:19 / 10.04.2026