Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyada IShIDga qarshi amaliyotni yana faollashtirdi
AQShning Suriyadagi harbiy bo‘linmalari eronlik general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgandan keyin AQSh kuchlarini himoyalash maqsadida to‘xtatilgan aksilterrorchilik amaliyotini qayta boshladi. Bu haqda The Washington Post nashri AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi boshlig‘i Kennet Makkenziga tayanib xabar berdi.
General Makkenzining ta'kidlashicha, aksilterrorchilik amaliyotini tiklash jadal sur'atlar bilan bormoqda. AQSh qo‘shinlari kurd kuchlari bilan birga IShIDga qarshi haftasiga 3-4 ta amaliyot o‘tkazmoqchi.
“Hozirda biz birinchi navbatda IShIDni yakson qilishga e'tibor qaratmoqdamiz”, deb aytgan general. U AQSh qo‘shinlari Suriyada yana qancha vaqt qolishiga aniqlik kiritmagan va qo‘shinlarning turli vaziyatlarga qarshi turishga tayyorligini ma'lum qilgan.
Avvalroq AQShning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Jyeyms Jyeffri IShIDga qarshi xalqaro koalitsiya kuchlari o‘z xavfsizligini ta'minlash uchun Iroqdagi amaliyotlarni vaqtinchalik to‘xtatganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:16
Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki va DFC rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi
22:24 / 16.06.2026