O‘zbekiston | 20:20 / 30.01.2020
17400
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda migrantlarga uy ajratish tartibi belgilandi

Prezidentning 2019 yil 20 avgustdagi farmonida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020 yilda uy-joylar qurilishi bo‘yicha davlat dasturlarining ijrosi doirasida ko‘p kvartirali uylardan 3 462ta xonadon ajratilishi belgilangan.

Hukumat qarori bilan Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko‘p kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» Telegram kanali xabar berdi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida har yili tuman (shahar)lardan belgilangan tartibda ajratiladi.

Uy-joy ajratish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  • ariza beruvchi talabgor sifatida yozma tavsiyani olish uchun talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiya raisiga doimiy yashash joyi bo‘yicha hujjatlarni va so‘rovnoma-arizani taqdim etadi;
  • komissiya hujjatlarni 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi;
  • komissiya arizani ko‘rib chiqishda uy-joy sharoitini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlarini qator ijtimoiy mezonlar asosida (talabgor nomida uy-joy yo‘qligi, ijarada turishi, boshqa oila bilan bir uyda yashashi, ko‘p bolalilik va boshqalar) aniqlaydi;
  • arizani ko‘rib chiqish va uy-joy sharoitini o‘rganish natijasida komissiya yozma tavsiya berish yoki yozma tavsiya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
  • yozma tavsiya bergan talabgorlar dastlabki shartnomalarni tuzish uchun injiniring kompaniyasi filialiga murojaat qiladi.

2020 yil dasturlari doirasida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun ipoteka kreditlarini ajratish bo‘yicha:

  • imtiyozli davr — 1 yil;
  • kreditdan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasini qat'iy belgilangan 7 foizdan qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me'yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.

Mavzuga oid