2020 yilda uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga ehtiyojmand mehnat migrantlariga köp kvartirali uylardan 3462ta xonadon ajratiş belgilangan.

Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabariga köra, bu prezidentning 2019 yil 20 avgustdagi «Xorijda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a'zolarini himoya qiliş kafolatlarini yanada kuçaytiriş çoralari töğrisida»gi farmoniga asosan amalga oşiriladi.

Vazirlik ajratiladigan xonadonlar hududlar kesimida qanday körinişga ega bölişini e'lon qildi.

Ular:

1. Qoraqalpoğiston Respublikasi – 210ta
2. Andijon viloyati – 420ta
3. Buxoro viloyati – 240ta
4. Jizzax viloyati – 120ta
5. Qaşqadaryo viloyati – 300ta
6. Navoiy viloyati – 60ta
7. Namangan viloyati – 300ta
8. Samarqand viloyati – 450ta
9. Surxondaryo viloyati – 270ta
10. Sirdaryo viloyati – 90ta
11. Toşkent viloyati – 180ta
12. Farğona viloyati – 420ta
13. Xorazm viloyati – 240ta
14. Toşkent şahri – 162ta

Jami: 3462ta.

Bundan oldin, uy-joyga ehtiyojmand mehnat migrantlarini saralab oliş tartibi loyihasi e'lon qilingandi.