Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda 37 nafar jangari o‘lim jazosiga hukm qilindi
Qohira jinoyat ishlari bo‘yicha sudi "Bayt Ansor al-Maqdis" terrorchilik guruhining 37 jangarisi o‘lim jazosiga loyiq topilgani to‘g‘risidagi hukmni tasdiqlash uchun mamlakat muftiysiga yubordi.
Bu haqda al-Masry al-Youm gazetasi xabar berdi.
Keyinchalik IShIDga qo‘shilgan guruhga Misr OAV mamlakatning "eng xavfli terrorchisi" deb ataydigan Hishom Ashmaviy rahbarlik qilgan.
Ushbu ish bo‘yicha 208 kishi javobgarlikka tortilgan bo‘lib, 37 nafariga hukm chiqarilgan. Ular 54ta jinoyat, jumladan, politsiya ofitserlarini o‘ldirish, Qohira xavfsizlik boshqarmasi binolari, masjidlar va boshqa binolarni portlatish, talonchiliklar sodir etishda ayblanmoqda.
Jinoyatchilar sobiq ichki ishlar vaziri Muhammad Ibrohimni ham o‘ldirishga uringan.
Mavzuga oid
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
17:00 / 31.03.2026
Isroil parlamenti «terrorizm»da ayblangan falastinliklar uchun o‘lim jazosi kiritdi
10:43 / 19.03.2026
Misrning yuzga yaqin dori vositasi O‘zbekistonda mahalliylashtiriladi
11:40 / 06.03.2026