Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh davlat kotibi Qozog‘istonga keldi
Foto: 24.kz
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Qozog‘istonga tashrif buyurdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Oybek Smadiyarov ma'lum qildi.
"Mayk Pompeo Qozog‘istonga keldi", - dedi u jurnalistlarga.
Pompeo yakshanba kuni Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi bilan uchrashadi. Xabar qilinishicha, tomonlar ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik hamda boshqa dolzarb masalalarni muhokama qiladi.
Mayk Pompeo Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev va respublikaning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
AQSh davlat kotibi 2 fevral kuni Toshkentga keladi. U 3 fevral kuni «C5+1» shaklidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.
Tashrif davomida Mayk Pompeo prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida ham bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025