Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirchiq daryosida qolib ketgan 3 nafar fuqaro qutqarildi
Chirchiq daryosida qayiqda qolib ketgan 3 nafar fuqaro qutqarildi.
Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Chinoz tumani, Yangi Chinoz shaharchasi hududida joylashgan Chirchiq daryosida motor qayiqda ov qilish maqsadida qirg‘oqdan 400 metr uzoqlikda qolib ketgan fuqarolar yordam so‘rab murojaat qilgan.
Aniqlanishicha, ushbu fuqarolar Chirchiq daryosida harakatlanib ketayotganda motor qayiq daryo qumini chiqarib olish texnologiyasini ushlab turuvchi temir trosga o‘ralib qolib, taxminan 2 soat davomida qayiq ichida qolib ketishgan.
Chinoz tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida 3 nafar fuqaro qutqarib olingan.
Mavzuga oid
08:58 / 20.06.2026
Chirchiqdagi kanalda hushsiz holatdagi fuqaro qutqarildi
09:40 / 18.06.2026
Katta Chimyon tog‘ida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi o‘tkazildi
09:30 / 16.06.2026
Chirchiq bo‘yida yangi ishbilarmonlik va dam olish hududi tashkil etiladi
13:14 / 14.06.2026