Jahon | 22:55 / 03.02.2020
4209
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyada avtobus ichida sodir etilgan otishmada olti kishi jarohatlandi

Ichida 40ga yaqin kishi bo‘lgan avtobus haydovchisi otishma boshlanishi bilan avtobusni Beykersfild shahri yaqinida to‘xtatgan.

Foto: AP

Noma'lum shaxs Los-Anjyelesdan San-Fransiskoga ketayotgan avtobus ichida otishma sodir etdi, deb xabar berdi NBC News.

Kaliforniya yo‘l politsiyasi vakili Stiv Loftasning bildirishicha, politsiya mahalliy vaqt bilan soat 01.30da (Toshkent vaqti bilan 14.30) avtobus yo‘lovchilaridan chaqiruv olishni boshlagan. Ichida 40ga yaqin kishi bo‘lgan avtobus haydovchisi otishma boshlanishi bilan avtobusni Beykersfild shahri yaqinida to‘xtatgan.

Politsiya vakili otishma oqibatida bir necha kishi jiddiy jarohatlanganini, ayrimlar o‘rtacha og‘irlikda jarohat olganini ma'lum qildi. Jarohatlanganlar kasalxonaga yetkazilgan.

Otishma sodir etgan shaxs qo‘lga olingan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid