Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnomaga qo‘shiladi
O‘zbekiston Transport xavfsizligini ta'minlash sohasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining informatsion hamkorligi to‘g‘risidagi Bitimga qo‘shiladi.
O‘zbekiston prezidentining “Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi. Hujjatga ko‘ra, mamlakat 2014 yil 30 mayda Minsk (Belarus Respublikasi) shahrida imzolangan Transport xavfsizligini ta'minlash sohasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining informatsion hamkorligi to‘g‘risidagi Bitimga qo‘shilishi mo‘ljallangan.
Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirishga mas'ul vakolatli organ etib belgilanadi.
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning ushbu xalqaro shartnomaga qo‘shilishi va uni amalga oshirishga mas'ul vakolatli organlar to‘g‘risida tegishli xabarnomani depozitariyga yuboradi.
Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan so‘ng o‘rnatilgan tartibda O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlari bajarilishining nazoratini ta'minlaydi.
Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston bosh vaziri A.N. Aripov va prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Mahmudov zimmasiga yuklatiladi.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
08:17 / 03.06.2026
Dunyoning eng gavjum temiryo‘l vokzallari reytingi e’lon qilindi
20:22 / 26.05.2026
«Toshkent – Samarqand» tezyurar avtomagistralida intellektual transport tizimi joriy etiladi
00:03 / 13.04.2026