Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bokuda O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan uchrashdi
2020 yilning 5 fevral kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun Boku shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekiston-Turkiya kun tartibidagi dolzarb masalalar va joriy yilda qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlikning borishi yuzasidan fikr almashildi.
Ko‘p tomonlama shakllardagi hamkorlikka alohida e'tibor qaratildi. Shu munosabat bilan Turkiy kengash doirasida muloqotni kengaytirishga o‘zaro qiziqish tasdiqlandi.
Uchrashuvda vazirlar xalqaro va mintaqaviy muammolarni ham muhokama qildilar.
Bundan oldin, Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Bokuda bo‘lib o‘tadigan Turkiy kengash tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026