Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yashash uchun eng arzon top-5 mamlakat qatoriga kirdi
CeoWorld Magazine nashri ma'lumotlariga ko‘ra, yashash uchun eng arzon top-5 mamlakat qatoriga O‘zbekiston, Suriya, Hindiston, Afg‘oniston va Pokiston kirdi.
Shveytsariya dunyoda yashash uchun eng qimmat davlatlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Norvegiya ikkinchi, Islandiya uchinchi pog‘onada. Shuningdek, top o‘nlikdan Yaponiya, Daniya, Bagam orollari, Lyuksemburg, Isroil, Singapur va Janubiy Koreya joy oldi.
Fransiya 14-o‘rinda qayd etildi, AQSh - 20, Buyuk Britaniya - 27, Germaniya 29-pog‘onani egalladi.
132 mamlakatdan iborat ro‘yxat oxirida O‘zbekiston, Suriya, Hindiston, Afg‘oniston va Pokiston qayd etildi.
Reyting beshta ko‘rsatkichni hisobga oladi: uy sotib olish narxi, uyni ijaraga olish qiymati, oziq-ovqat narxi, restorandagi o‘rtacha to‘lov va aholining xarid qobiliyati.
Mavzuga oid
08:30
Mamlakatlar imiji reytingi: yetakchilar va autsayderlar ma’lum bo‘ldi
18:07 / 22.06.2026
Qozog‘iston universitetlari Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topildi
08:45 / 22.06.2026
Internet eng arzon va eng qimmat bo‘lgan davlatlar reytingi e’lon qilindi
18:55 / 20.06.2026