Olmazor tumanidagi qurilishi yakunlanmagan masjidda yong‘in sodir bo‘ldi
Joriy yilning 8 fevral kuni soat 18:39da Olmazor tumani «Umid» mahallasi, Qoraqamish 2/3-dahasi 21-uy manzilida joylashgan qurilishi tugatilmagan «Siroj Solih» jome' masjidining ichki va shift qismi 60 kv.m maydonida yong‘in sodir bo‘lgan.
Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati ma'lum qilmoqda.
Yong‘in-qutqaruv guruhi soat 18:46da hodisa joyiga yetib borgan. Soat 18:56da alanga qurshab olinib, soat 19:39da to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in payvandlash jarayonida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaslik oqibatida yuzaga kelgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qurilish obektlarida ishchilar o‘rtasida yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazilishi, shuningdek, mazkur obektlar birlamchi o‘t o‘chirish vositalari bilan ta'minlanganligini nazoratga olinishini tavsiya qiladi.
IIBB matbuot xizmatiga ko‘ra, hodisa oqibatida qurbonlar va jabrlanganlar bo‘lmagan.
Mavzuga oid
14:57 / 05.11.2024
Qamchiq dovonida yana yuk mashinasi yonib ketdi
15:34 / 03.11.2024
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
17:49 / 31.10.2024
Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi. Bir kishi halok bo‘lgan
21:01 / 29.10.2024