Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 720 kishidan oshdi
Xitoyda koronavirusning yangi turi tufayli kelib chiqqan pnevmoniyadan vafot etganlar soni 722 nafarga yetdi, 34 546 kishida kasallanish holati qayd etildi. Bu haqda «RIA Novosti» mamlakat sog‘liqni saqlash idoralariga tayangan holda xabar bermoqda.
Shu tariqa, qurbonlar soni bir kunda 88 kishiga ortdi. Bir kun oldin rasmiy ravishda 636 nafar kishi hayotdan ko‘z yumgani hamda 31,1 ming kishi kasallangani haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.
Yangi o‘lim va kasallanish holatlarining aksariyati 2019-nCoV koronavirusining tarqalish o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahri (Xubey provinsiyasi)da qayd etildi. Xitoyning boshqa provinsiyalarida yana bir necha kishi hayotdan ko‘z yumgani aytilmoqda.
Avvalroq, OAV koronavirusning yana bir «aybdori» topilgani to‘g‘risida ma'lum qilgandi.
Foto: REUTERS/Kham
Pangolinlar yangi turdagi koronavirusning oraliq egasi bo‘lishi mumkin. Osiyoda tansiq ovqat hisoblanuvchi ushbu sutemizuvchilarning go‘shti orqali kasallik odamlarga yuqqan bo‘lishi mumkin.
Reuters bu haqdagi yangi ma'lumotni 7 fevral kuni Janubi-Xitoy qishloq xo‘jaligi universiteti xodimlari rahbarligidagi olimlar guruhi tadqiqotiga asoslanib xabar qildi.
Mavzuga oid
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
21:17 / 07.06.2026