Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus sababli Canada Goose rahbari milliarderlik maqomidan ayrildi
Forbes milliarderlar reytigida Reyss o‘tgan yili 1717-o‘rinda qayd etilgandi. Uning boyligi 1,3 mlrd dollar deb baholangan.
Kanadaning momiqli mahsulotlar va kiyim-kechaklar ishlab chiqaruvchi Canada Goose kompaniyasining aksiyalari narxi 4,38 foizga tushib ketdi. Natijada kompaniya rahbari Dani Reyss milliarderlik maqomidan ayrildi, endilikda uning boyligi 874 mln dollar deb baholanmoqda, deb yozadi Forbes.
Ma'lumot berilishicha, hozirda kompaniyaning bir dona aksiyasi 31,84 dollarga baholanmoqda, 6 fevralda uning narxi 33,3 dollarni tashkil etgandi.
Forbes qayd etishicha, kompaniya aksiyalari 2019 yil 29 dekabrda yakunlangan moliyaviy yilning uchinchi choragi bo‘yicha hisobot taqdim etilganidan so‘ng pasaya boshlagan. Hisobotda Canada Goose Xitoyda koronavirus tarqalishi kompaniya ishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi aytilgan.
Virus bois xarid faolligi pasayadi, Xitoy, Shimoliy Amerika va Yevropadagi chakana do‘konlar zarar ko‘radi.
Forbes milliarderlar reytigida Reyss o‘tgan yili 1717-o‘rinda qayd etilgandi. Uning boyligi 1,3 mlrd dollar deb baholangan. Ayni paytda u milliarderlar ro‘yxatidan chiqarilgan.
Reyss kompaniyaga 2001 yilda, 27 yoshida rahbar bo‘lgandi. Kompaniya Snow Goose deb nomlangan, ammo Yevropada bunday brend qayd etilgani sababli uning nomi Canada Goose deb o‘zgartirilgan. Ushbu brend ostidagi erkaklar ustki kiyimlari 525 dollardan 1650 dollargacha baholanadi.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022