Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestri qanday shakllantiriladi?
Vazirlar Mahkamasining “Shaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestri to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan shaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestri to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
Shaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish bo‘yicha axborot tizimini yaratadi;
Internet jahon axborot tarmog‘ida Shaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish bo‘yicha axborot tizimini ishga tushiradi.
Nizomga ko‘ra, davlat reyestri shaxsga doir ma'lumotlar bazalarini ro‘yxatga olish va hisobini tizimlashtirish hamda shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish jarayonida qonun hujjatlari talablariga muvofiqlikni nazorat qilish maqsadida shakllantiriladi.
Shaxsga doir ma'lumotlar bazalari mulkdor va (yoki) operator tomonidan Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Nizom talablari:
jismoniy shaxs tomonidan shaxsga doir ma'lumotlarga shaxsiy, maishiy maqsadlarda va o‘z kasbiy yoki tijorat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan holda ishlov berish;
Milliy arxiv fondi hujjatlarini va shaxsga doir ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan boshqa arxiv hujjatlarini shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanish;
davlat sirlarini tashkil etadigan ma'lumotlar jumlasiga kiritilgan shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish;
tezkor-qidiruv, razvedka va kontrrazvedka faoliyati, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquq-tartibotni saqlash jarayonida, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish doirasida olingan shaxsga doir ma'lumotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
O‘z tarkibida:
jamoat birlashmasining yoki diniy tashkilotning ishtirokchilariga (a'zolariga) taalluqli bo‘lgan hamda tegishligicha jamoat birlashmasi yoki diniy tashkilot tomonidan ishlov beriladigan shaxsga doir ma'lumotlar, ularni uchinchi shaxslarga tarqatmaslik yoki oshkor etmaslik sharti bilan;
sub'yekt tomonidan hamma foydalanishi mumkin qilib qo‘yilgan;
sub'yektlarning faqat familiyasini, ismini va otasining ismini o‘z ichiga olgan;
sub'yektning mulkdor va (yoki) operator turgan hududga bir martalik kirishi uchun yoki boshqa shunga o‘xshash maqsadlar uchun zarur bo‘lgan;
avtomatlashtirilgan davlat axborot tizimlari maqomiga ega bo‘lgan shaxsga doir ma'lumotlarning axborot tizimlariga kiritilgan;
avtomatlashtirish vositalaridan foydalanmagan holda ishlov beriladigan;
mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlov beriladigan shaxsga doir ma'lumotlar mavjud bo‘lgan shaxsga doir ma'lumotlar bazalari ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
Shaxsga doir ma'lumotlar bazasini Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish, avval kiritilgan ma'lumotlarga o‘zgartirish kiritish hamda Davlat reyestridan chiqarishda to‘lovlar undirilmaydi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Davlat reyestrini shakllantiradi, yuritadi va undagi axborotning yaxlitligini ta'minlaydi.
Davlat reyestrini shakllantirish va yuritish Davlat personallashtirish markazi tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda Davlat reyestrini yuritish bo‘yicha axborot tizimi vositasida olib boriladi.
Davlat reyestrini yuritish axborot tizimidan foydalanish, shu jumladan, ariza berish uchun tizimga kirish “Elektron hukumat” foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi (id.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.
Davlat reyestrini yuritish axborot tizimi vositasida quyidagi xizmatlarni Internet jahon axborot tarmog‘i orqali ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi:
Shaxsga doir ma'lumotlar bazasini Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish, avval kiritilgan ma'lumotlarga o‘zgartirish kiritish hamda Davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha ariza berish;
Shaxsga doir ma'lumotlar bazasining qayd raqami orqali uning Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tganligi holatini tekshirish.
Mavzuga oid
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
08:36 / 18.02.2026
O‘zbekistonda tan olinadigan akkreditatsiya tashkilotlari reyestri yuritiladi
11:54 / 16.02.2026
Oziq-ovqat xavfsizligi nazorati yangilanadi: operatorlar reyestri yuritiladi
09:31 / 19.09.2025