Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokurorga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga ikki o‘rinbosar - birinchi o‘rinbosar va O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokurori - bosh prokuror o‘rinbosari tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqdagi ma'lumotlarni Bosh prokuratura axborot xizmati Kun.uz’ga tasdiqladi.
3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Abduxalim Xolmahmatov Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
A.Xolmahmatov tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyati Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida ishlagan.
General-mayor Shuhrat Sharapovich Uzoqov Bosh prokuror o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori etib tayinlangan.
U kungacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi xalq qabulxonasi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuhrat Uzoqov 2016 yil 26 avgustgacha ham O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokurori lavozimida ishlagan edi.
Mavzuga oid
15:49 / 23.04.2021
«Tekshiruvchi ham, tekshiriluvchi ham bitta tuzilmada» - Nig‘matilla Yo‘ldoshev inspeksiyalar mustaqil emasligi haqida
14:18 / 23.04.2021
2020 yilda 106 ming gektar yer hokimliklar tomonidan noqonuniy ajratilgan – Bosh prokuratura
23:28 / 17.07.2020
BMT maxsus ma'ruzachisining O‘zbekiston prokuraturasi haqidagi xulosalari e'lon qilindi
08:27 / 30.06.2020