Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimlarning vakolatlari qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekistonda mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish rejalashtirilmoqda.
Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.
2020 yil 1 oktyabrga qadar tegishli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.
Dasturda:
hokimlarning vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish va ularga xos bo‘lmagan hamda bir-birini takrorlaydigan funksiyalarni tegishli organlarga o‘tkazish masalalarini o‘rganish;
hokimlar faoliyatini baholash bo‘yicha aniq mezonlarni va maqsadli vazifalarni ishlab chiqish;
mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini kompleks baholash tizimini yaratish maqsadida Hududlarning rivojlanish indeksini ishlab chiqish;
mazkur Indeksdan kelib chiqib, hududlarga oid siyosatni belgilash, mahalliy budjetlarga moliyaviy ko‘mak berish hamda rahbarlarni rag‘batlantirish masalalarini o‘rganish nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas'ullar - Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.
Mavzuga oid
12:30 / 14.03.2026
Karmana tuman hokimi o‘qituvchilarni hokimlikka yig‘ib, qariyb 1 soat turg‘izib qo‘ydi
10:08 / 14.03.2026
Qashqadaryodagi “Santa-Barbara”: adolat izlagan dehqonning 7 yillik sarguzashtlari
15:45 / 19.02.2026
O‘zbekistonda avtobanlar tashkil etish vazifasi davlat dasturiga kiritildi
16:46 / 17.02.2026