Mahmud Abbos Isroil bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini ma'lum qildi
Falastin rahbari Mahmud Abbos Isroil bilan muzokaralar olib borish uchun BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida qolishga tayyor. Biroq buning uchun Isroil ham bunga tayyor bo‘lishi, BMT, Yevropa, AQSh va Rossiya esa ushbu muzokaralarni qo‘llab-quvvatlashi lozim.
U bu haqda BMT Xavfsizlik kengashining AQShning Isroil-Falastin ixtilofini hal qilish uchun taklif qilgan “asr kelishuvi”ga bag‘ishlangan yig‘ilishida aytib o‘tdi.
Abbos o‘z nutqida AQSh taklif qilgan hujjatni qabul qilishdan bosh tortgan. Shundan keyin u Isroil tomoni muzokaralarga tayyor bo‘lsa, BMT, Yevropa Ittifoqi, AQSh va Rossiya ularni qo‘llab-quvvatlasa, Nyu-Yorkda qolishga tayyorligini aytgan.
“Men jiddiy gapiryapman. Hoziroq men muzokaralar boshlash uchun bu yerda, BMTda qolishga tayyorman”, deb aytgan Falastin rahbari.
Yanvar oxirida AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Falastin o‘rtasidagi ziddiyatni hal qilishga qaratilgan kelishuvni taklif qilgandi.
Hujjat ikkita davlat tashkil etilishini ko‘zda tutadi. Isroilning poytaxti Al-Quds bo‘lib qoladi, Falastinning poytaxti Sharqiy Al-Quds bo‘ladi.
Kelishuvga ko‘ra, Isroil Iordan vodiysi, Samariya, Iudeyada o‘z suverenitetini o‘rnatadi, Falastin esa o‘z hududini ikki marta kengaytiradi. Buning evaziga Falastinning XAMAS harakati qurolni tashlashi, G‘azo sektori esa qurolsizlantirilishi kerak bo‘ladi.
Isroil Trampning ushbu taklifini qabul qilgan, Abbos esa uni “asr tarsaki”si deb atagan va Al-Quds sotilmasligini aytgan.
Mavzuga oid
22:15 / 26.12.2024
Isroil aviatsiyasi Yaman poytaxti aeroportiga zarba berdi
15:21 / 26.12.2024
Isroil HHK qo‘mondoni Yamandagi husiychilarga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qildi
14:07 / 25.12.2024
Isroilda favqulodda holat yana bir yilga uzaytirildi
16:05 / 24.12.2024