O‘zini o‘zi davolash holatlarini kamaytirish uchun qonun qabul qilinyapti
O‘zbekistonda kuchli ta'sir etuvchi dori vositalarining retsepsiz berilgani va berish tartibini buzganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilanishi kutilyapti.
Bugun, 12 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida Jinoyat va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalasi muhokama qilindi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, qonun loyihasi kuchli ta'sir etuvchi dori vositalarining retsepsiz berilgani va berish tartibini buzganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilanishini ko‘zda tutadi.
Majlisda aholi orasida shifokor tavsiyasisiz o‘zini o‘zi davolash holatlari ko‘p uchrayotgani aytib o‘tildi. Buning oqibatida dori vositalarining nojo‘ya ta'siri kuchayadi, antibiotiklarning esa organizmga ta'siri susayishi mumkin.
Bundan tashqari, kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalar iste'moli, ayniqsa, yoshlar orasida ko‘paymoqda.
Buning oldini olish uchun javobgarlik belgilanishi ma'lum muammolarning oldini olishi mumkin.
Qonun loyihasi davlat rahbarining «Dori vositalari noqonuniy aylanishi oldini olish choralarini kuchaytirish to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.
Bundan tashqari, majlisda «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida»gi qonun loyihasi ham birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi.
Unga ko‘ra, kam uchraydigan (orfan) kasalliklar tashxisi va ularni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlarni importda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan mamlakatga olib kirishni ko‘zda tutuvi norma kiritilmoqda.
Sababi – bu yo‘nalishdagi tibbiy buyumlar faqatgina dunyoning yetakchi davlatlarida ilg‘or texnologiyalar asosida ishlab chiqariladi. Ularni ro‘yxatdan o‘tkazgan holda davlatga olib kirish esa maqsadga muvofiq emas.
Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash qo‘mitasi raisi Yelena Borisovaning tushuntirishicha, kam uchraydigan kasalliklar orfan kasalliklar deb yuritiladi.
«50 foiz holatlarda bu kasallikka bolalar chalinadi. Dunyo bo‘yicha, taxminan 5 foiz, O‘zbekiston bo‘yicha esa 20 ming odam mazkur kasallik bo‘yicha ro‘yxatga olingan», – dedi Yelena Borisova.
Shuningdek, bu qonun loyihasida epidemiologik holatlarda yuqumli kasalliklarning profilaktikasi, davolash, tashxis, dori vositalari va tibbiy buyumlar tasdiqlangan ro‘yxatlar asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan olib kirilishi ham ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
21:24 / 23.11.2024
Olimlar bakteriyalardan yangi antibiotik yaratdi
14:13 / 21.11.2024
Akmal Saidov Shavkat Mirziyoyevga: “Yangi O‘zbekiston parlamentining me’mori kim deyishsa, sizni aytardim”
17:59 / 20.11.2024
Prezident normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik bilan muhokama qilinmayotganiga e’tiroz bildirdi
11:07 / 20.11.2024