O‘zbekiston | 09:58 / 12.02.2020
3833
1 daqiqa o‘qiladi

Samarasiz faoliyat yuritayotgan idoralararo kollegial organlar qisqartiriladi

Samarasiz faoliyat yuritayotgan idoralararo kollegial organlar ishini qayta ko‘rib chiqish mo‘ljallangan

O‘zbekistonda samarasiz faoliyat yuritayotgan idoralararo kollegial organlar qisqartiriladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Qayd etilishicha, 2020 yil 1 sentyabrga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqiladi. Loyihalarda:

komissiyalar va ishchi guruhlar samaradorligini tahlil qilish hamda natijasi bo‘yicha ularni kelgusida qisqartirish va optimallashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

samarasiz faoliyat yuritayotgan idoralararo kollegial organlarni qisqartirish masalalari nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas'ullar - Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid