Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya qo‘shinlari Suriya armiyasiga yana zarba berdi
Turkiya kuchlari turk harbiylarining Idlib viloyatida o‘qqa tutilishiga javoban Suriya armiyasiga yana zarba berdi. Anadolu axborot agentligining ma'lum qilishicha, zarba vaqtida 51 suriyalik harbiy yo‘q qilingan.
Bundan tashqari, Bashar Asad qo‘shinlariga tegishli ikkita tank, bitta zenit qurilmasi, o‘q-dori ombori yo‘q qilingan, bitta tank qo‘lga kiritilgan.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriya hukumati turk kuchlariga qarshi harakatlari uchun “juda katta haq to‘lashi”dan ogohlantirgan.
10 fevralda Suriyaning Idlib viloyatida turk qo‘shinlarining kuzatuv punkti artilleriya qurilmalaridan o‘qqa tutilishi vaqtida 5 nafar turk harbiysi halok bo‘lgan. Punkt Suriya armiyasi tomonidan o‘qqa tutilgan. Turkiya bunga javoban Suriya armiyasining 115 ta nishoniga zarba bergan. Buning oqibatida 101 nafar suriyalik harbiy halok bo‘lgan, 3 tank va 2 ta minomyot pozitsiyasi yo‘q qilingan, bitta vertolyot urib tushirilgan.
3 fevralda ham 7 nafar turk harbiysi va bir nafar fuqaro o‘qqa tutish vaqtida halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026