O‘zbekiston | 11:55 / 12.02.2020
7951
1 daqiqa o‘qiladi

Yerning normativ qiymatini aniqlash tartibi o‘zgaradi

Resurs soliqlarini hisoblash mexanizm ilg‘or xalqaro tajriba asosida qayta ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan

Foto: sovch.chuvashia.com

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, 2020 yil 1 mayga qadar normativ huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqiladi.

Loyihada:

qishloq xo‘jalik yerlarining toifasi va ball-bonitetidan kelib chiqqan holda, yerning normativ qiymatini aniqlash tartibi;

foydalanilgan suv resurslarini soliqqa tortishning bozor mexanizmlarini ishlab chiqish;

foydalanilgan suv hajmlari hisobini yuritish, bunda sohaga zamonaviy AKT joriy qilish;

suv resurslaridan o‘lchagich asboblari o‘rnatilmagan holda foydalanilganida suv iste'moli hajmini aniqlashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas'ullar - Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, vazirlik va idoralar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid