Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaaga eng ko‘p pul sarflovchi davlatlar ma'lum qilindi
Myunxenda boshlangan xavfsizlik bo‘yicha anjumanda 2019 yilda mudofaaga eng ko‘p pul sarflagan 15 ta davlat reytingi taqdim etildi.
Foto: The U.S. Army / Flickr
Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti anjumanda “Harbiy balans” deb nomlanuvchi hisobotni taqdim qilgan. Jumladan, hisobotdan davlatlarning mudofaaga xarajatlari reytingi ham o‘rin olgan.
Reytingga ko‘ra, 1-o‘rinni AQSh egallagan. Ushbu davlat 2019 yilda mudofaaga 684,6 mlrd dollar sarflagan. 2-o‘rinni 181,1 mlrd dollar bilan Xitoy, 3-o‘rinni 78,4 mlrd dollar bilan Saudiya Arabistoni egallagan. Bir yillik mudofaa xarajatlari 61,6 mlrd dollarni tashkil qilgan Rossiya bu borada 4-o‘rinni, Hindiston esa 60,5 mlrd dollar bilan 5-o‘rinni egallagan.

Keyingi o‘rinlarni Buyuk Britaniya (54,8 mlrd dollar), Fransiya (52,3 mlrd dollar), Yaponiya (48,6 mlrd dollar), Germaniya (48,5 mlrd dollar), Janubiy Koreya (39,8 mlrd dollar), Braziliya (27,5 mlrd dollar), Italiya (27,1 mlrd dollar), Avstraliya (25,5 mlrd dollar), Isroil (22,6 mlrd dollar) va Iroq (20,5 mlrd dollar) egallagan.
Mutaxassislarning aytishicha, AQShning mudofaaga xarajatlari 2019 yilda 2018 yilga nisbatan 6,6 foizga o‘sgan va oxirgi 10 yil ichida eng maksimal qiymatni tashkil qilgan. Xitoyning sarf-xarajatlari ham 6,6 foizga o‘sgan.
“Xitoyning harbiy modernizatsiyasi ko‘lami va tezligi hayratlantiradi. Rossiya ham yanada innovatsion va tezkor qurol ishlab chiqarmoqda va uni Suriyada sinamoqda”, deyilgan hisobotda.
Mavzuga oid
18:06 / 10.01.2026
Venesuela va AQSh diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi
16:59 / 10.01.2026
Ishinger: Rossiya yevropaliklar bilan emas, AQSh bilan muzokaraga qiziqyapti
14:26 / 10.01.2026
AQSh Rossiyaning “soya floti”ga tegishli beshinchi tankerni qo‘lga oldi
09:04 / 10.01.2026