O‘zbekiston YuNESKOning yana bir konvensiyasi ishtirokchisiga aylandi
O‘zbekiston YuNESKOning Madaniy ifodalarning turli xil shakllarini muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi konvensiyasi ishtirokchisiga aylandi
2020 yil 15 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi uchun YuNESKOning Madaniy ifodalarning turli xil shakllarini muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi konvensiyasi kuchga kirdi.
Konvensiya 2005 yil 20 oktyabrda Parij shahrida imzolangan va 2007 yil 18 martda kuchga kirgan. O‘zbekiston Konvensiyani 2019 yil 14 oktyabrda ratifikatsiya qilgan. Hozirgi vaqtda hujjat 148 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan.
Konvensiyaning asosiy maqsadi – madaniy o‘zini ifodalashning turli xil shakllarini himoya qilish va rag‘batlantirish, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘li bilan turli madaniyatlarning o‘zaro erkin aloqa qilishi va rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Hozirgi vaqtda mamlakatda Konvensiyaning asosiy qoidalarini hayotga tatbiq etish uchun tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, jumladan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali, Maqom san'ati xalqaro forumi, Xalqaro baxshichilik san'ati festivali o‘tkazilishi bunga misol bo‘ladi, deyiladi TIV xabarida.
Mavzuga oid
20:57 / 23.10.2024
Beruniy nomidagi YuNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi
19:16 / 04.10.2024
Toshkentdagi ikkita tarixiy mahallada art-rezidensiyalar ochildi
11:41 / 02.09.2024
O‘zbekiston YuNESKOning xalqaro tadqiqot markaziga a’zo bo‘ldi
11:27 / 01.09.2024