Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aziz Ikromov: «Propiska so‘zi o‘rniga «qayd etish» so‘z birikmasi ishlatiladi»
Propiska so‘zi amaldan chiqarilib, o‘rniga "qayd etish" so‘z birikmasi ishlatiladi
Xalqaro press-klubning davlat dasturi loyihasining davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, sud-huquq sohasini isloh qilish, xavfsizlikni, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash hamda tashqi siyosat sohalaridagi dolzarb tadbirlari mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Oliy Majlisning yuqori va quyi palata, Bosh prokuratura, IIV vakillari ishtirok etishmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikromov propiska so‘zi amaldan chiqarilishini ma'lum qildi.
“Propiska - eskidan qolib ketgan tizim. 2011 yildan hozirga qadar Toshkent viloyatida 76 mingdan ziyod fuqaro, Toshkent shahrida esa 200 ming fuqaro doimiy propiskaga o‘tgan.
Endilikda propiska so‘zi amaldan chiqarilib, o‘rniga "qayd etish" so‘z birikmasi ishlatiladi”, - dedi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari.
Bundan oldin, 2020 yil 1 apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkka ega bo‘lishda doimiy propiska mavjudligi haqidagi talabni bekor qilish mo‘ljallanayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
15:58 / 21.04.2026
“Shaharlashuv darajasi pastligi – O‘zbekistonning ochilmagan potensiali” - Behzod Hoshimov
11:04 / 12.10.2025
“AQSh vizasini olishdan ham qiyinroq edi” – tarixga aylangan Toshkent propiskasi haqida
10:00 / 13.07.2025
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti
21:33 / 12.07.2025