Özbekistonda propiska tizimini isloh qiliş rejalaştirilmoqda. Bu haqda 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Qayd etilişiça, bu boradagi tegişli normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi 2020 yil 1 aprelga qadar işlab çiqiladi. Ijro uçun mas'ullar - Oliy Majlis palatalari (kelişuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, IIV, TIV, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar.
Loyihalarda:
2020 yil 1 apreldan boşlab Özbekiston Respublikasi fuqarolari uçun Toşkent şahri va Toşkent viloyatida köçmas mulkka ega bölişda doimiy propiska mavjudligi haqidagi talabni bekor qiliş;
Özbekiston Respublikasida doimiy yaşovçi va respublikaning boşqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bölgan jismoniy şaxslardan Toşkent şahri va Toşkent viloyatida yangi qurilgan köçmas mol-mulkni oldi-sotdi şartnomalarini tasdiqlaganlik uçun undiriladigan davlat bojining alohida stavkasini bekor qiliş;
ilğor xorijiy tajribani örgangan holda, asosiy işçi kuçi yaşaydigan va iş örinlari yaratilayotgan hududlar örtasida tafovutni bartaraf etiş va içki migratsiyani erkinlaştiriş nuqtai nazaridan, propiska tizimini isloh qiliş nazarda tutiladi.

















