O‘zbekiston | 17:31 / 17.02.2020
17454
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev shu hafta Turkiyaga boradi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 19-20 fevral kunlari mazkur mamlakatda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Anqara shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari hamraisligida ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, ta'lim, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikning holati va istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha fikr almashiladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashadi, Turkiya Respublikasi prezidenti kutubxonasi majmuasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Mavzuga oid

E`lonlar