Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston chegarachilari O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi
Foto: knews.kg
2020 yil 17 fevral kuni Qirg‘izistondagi «Dostuk-avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punktida chegarachilar O‘zbekiston fuqarosini davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringani uchun qo‘lga olishdi. Bu haqda Qirg‘iziston Davlat chegara xizmatining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Xizmatni o‘tish davomida chegara naryadi o‘tkazish punktini noqonuniy ravishda - pasport nazoratidan o‘tmasdan kesib o‘tishga uringan O‘zbekiston fuqarosi, 1996 yilda tug‘ilgan T.N. (ayol)ni aniqladi.
Nazorat-o‘tkazish punkti hududiga kirib, u pasport nazorati kabinasini chetlab o‘tgan hamda chegarachilar tomonidan qo‘lga olingan.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng, qo‘lga olingan shaxs Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmasi xodimlariga topshirildi.
Mavzuga oid
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
18:24 / 29.04.2026
Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorlikda gumonlanmoqda
22:18 / 25.04.2026
Qirg‘izistonning ikkita banki Yevroittifoq sanksiyasiga uchradi
18:39 / 23.04.2026