Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq ta'limi tizimida yangi davlat xizmati joriy etiladi
Fuqarolar attestatni yo‘qotganda Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uning dublikatini qisqa muddatda olishi mumkin bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi PF-5278-son farmoniga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risida hujjatlarning dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, fuqarolar attestat (shahodatnoma) yoki sertifikatlarni yo‘qotgan yoki familiyasini o‘zgartirganda yoxud yaroqsiz, buzilgan hollarda Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uning dublikatini qisqa muddatda olishga erishadi.
Xalq ta'limi vazirligining alohida ta'kidlashicha, shu vaqtga qadar fuqarolar dublikat attestat olishlari uchun bir oy kutishlari zarur bo‘lgan.
Qaror loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Mavzuga oid
16:17 / 10.11.2025
Tibbiyot xodimlariga davlat xizmatlari to‘lovi 2 baravar kamayadi
13:54 / 19.09.2025
Yerlardan foydalanish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish takomillashtiriladi
11:07 / 17.09.2025
Aloqa operatorlariga "Yagona portal"dagi pulli davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi
14:50 / 11.09.2025