Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Vengriya birgalikda texnoparklar tashkil etishi mumkin
Vengriya bilan qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, birgalikda texnoparklar tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi
Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi
18 fevral kuni innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashdi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, tomonlar ikki davlat o‘rtasida ilm-fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Vengriya ilmiy tadqiqot muassasalarida olimlar va tadqiqotchilarning malakasini oshirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, birgalikda texnoparklar tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Peter Siyyarto o‘rta va oliy ta'lim tizimi iqtisodiyotning real sektori talablariga ko‘ra mutaxassislarni tayyorlashi zarurligi, va shu orqali mehnat bozorini takomillashtirish mumkinligi borasida Vengriya tajribasiga asoslangan holda fikrlar bildirdi.
I. Abdurahmonov startap ekotizimini rivojlantirish, venchur jamg‘armalarini takomillashtirishga hissa qo‘sha oladigan kadrlarning yurtimizda kamligi va bu bo‘yicha qator ishlar qilinish zarurligini ta'kidladi.
Bundan oldin, O‘zbekiston atom energetikasi bo‘yicha mutaxassislarni Vengriyaga o‘qishga yuborishi mumkin ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:17 / 17.12.2025
Vengriya YeIning kengayish bo‘yicha yillik bayonotini blokladi
09:13 / 17.12.2025
Vengriya AQSh bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi
13:56 / 10.12.2025
Vengriya va Norvegiya bilan hamkorlikda baliq naslchilik markazlari tashkil etiladi
13:16 / 06.12.2025