Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda xalqaro aviatsiya forumi ish boshladi
Bugun, 19 fevral kuni Toshkent shahrida Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum (UAALF-2020) xalqaro aviatsiya forumi ish boshladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.
I Xalqaro aviatsiya forumi O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi, “Uzbekistan Airways” AJ, Uzbekistan Airports AJ hamda BAAning Fair Exhibition Organizers kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan.

UAALF 2020 xalqaro forumida Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Hindiston, Braziliya, Turkiya, Kuvayt, Misr, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya kabi ko‘plab davlatlardan 60dan ziyod eksponent, 300 delegat va 1200 mutaxassis, jumladan xorijiy davlatlarning transport vazirliklari rahbarlari, fuqaro aviatsiyasi va aeroportlar boshqaruvi vakillari, yetakchi xalqaro va xorijiy aviakompaniyalar, aeroportlar, aviatsiya hamda transport sohasidagi kompaniyalarning yuqori lavozimli rasmiylari ishtirok etmoqda.

19-20 fevral kunlari o‘tkaziladigan ikki kunlik tadbirga dunyoning 130ga yaqin xalqaro tashkiloti jalb qilingan, xususan, Boing va Jetcraft (AQSh), Air Charter Service (Buyuk Britaniya), Bombardier Business jets (Kanada), TLD (Hindiston), Luftansa Consulting (Germaniya), EGIS (Fransiya), ATR (Ispaniya), Kuwait Airways (Kuvayt), Air Arabia va BGT Evens (BAA), Gulf Air (Bahrayn), Korean Air va Asiana Airlines (Janubiy Koreya), Azerbaijan Airlines (Ozarboyjon), Aeroflot va IrAero (Rossiya), Al Masriya (Misr), Zagros Airlines (Eron), Pegasus Airlines va Turkish Airlines (Turkiya), Mitsubishi Corporation, Air Astana (Qozog‘iston) va boshqalar shular jumlasidan.


Mavzuga oid
08:50 / 17.06.2026
Kelajak aviatsiyasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan 7 ta samolyot
17:37 / 13.06.2026
16−18 iyun kunlari Toshkent shahriga yuk mashinalari kiritilmaydi
09:35 / 12.06.2026
MAKS aviakosmik ko‘rgazmasi yana bir yilga qoldirildi
17:36 / 05.06.2026