Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Boyovut tumani sobiq hokimi O‘lmasjon Mamadaminov hokim o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi
O‘lmasjon Mamadaminov/ Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Prezident maslahatchisi Rustam Qosimov hamda yangi tashkil etilgan vazirlik Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbari o‘rinbosari Sodiqjon Turdiyev ishtirokida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari 3-sessiyasi o‘tkazildi.
Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Sessiyada O‘lmasjon Yormuhammadovich Mamadaminov Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
U.Mamadaminov 1976 yil 8 oktyabrda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida tug‘ilgan.
Polkovnik U.Mamadaminov uzoq yillar ichki ishlar organlari sohasida, xususan Boyovut tumani IIB boshlig‘i, Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari va Boyovut tumani hokimi lavozimida ishlagan.
Avvalroq, Dilfuza Uralova Boyovut tumani hokimi etib tasdiqlangandi.
Mavzuga oid
20:00 / 14.03.2026
Sirdaryoda baliq ovlaganlar tabiatga qariyb 520 million so‘mlik zarar yetkazdi
21:44 / 04.03.2026
Sirdaryoda tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 trillion so‘m ajratiladi
19:33 / 03.03.2026
Markaziy Osiyoda bu yil sug‘orish suvi zaxiralari kam bo‘lishi mumkin
09:41 / 03.03.2026