Jahon | 17:56 / 20.02.2020
9441
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp migrantlarning Yevropaga oqimini sharmandalik deb atadi

"Yevropa bilan yuz bergan narsa sharmandalik deb o‘ylayman. Yevropada immigratsiyaga o‘rin berish - sharmandalik", dedi AQSh prezidenti.

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp boshqa madaniyatlardan milliondan ortiq migrantlarning kelishi Yevropa madaniyatini yomon tomonga o‘zgartirib yuborganini aytdi.

"Yevropa bilan yuz bergan narsa sharmandalik deb o‘ylayman. Yevropada immigratsiyaga o‘rin berish - sharmandalik. Bu Yevropaning to‘qimalarini o‘zgartirib yubordi deb o‘ylayman va zudlik bilan harakat qilinmasa, u ilgarigidek bo‘lmaydi. Sizlar o‘z madaniyatingizni yo‘qotyapsizlar deb o‘ylayman", - dedi u Britaniyaning The Sun nashriga bergan intervyusida.

Tramp Yevropa mamlakatlarini qattiq sevishini aytdi.

"Unutmang, kelib chiqishim bo‘yicha men Yevropa Ittifoqi mahsuliman, Shotlandiya va Germaniyaning. To‘g‘rimi? Otam Germaniyadan, onam esa Shotlandiyadan", - dedi AQSh prezidenti.

AQSh prezidenti ilgari ham Yevropadagi migratsiya siyosatini tanqid qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid