Jahon | 19:45 / 22.02.2020
24468
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Rossiyaga yadroviy zarba berish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, "ssenariy Rossiya bilan urush olib borayotgan Yevropadagi voqealar rivoji va Rossiyaning NATO mamlakatlari hududidagi obektga kichik quvvatli yadro qurolini qo‘llashini o‘z ichiga olgan".

Foto : Lt. William Collette/U.S. Air Force via AP, arxiv

AQShda Rossiya Yevropaga nisbatan yadro quroli qo‘llaganidan keyin unga javob zarbasi berilishi ifodalangan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu haqda Pentagon vakili brifingda ma'lum qildi.

"Biz kichikroq mashg‘ulot o‘tkazdik", - deyiladi brifing stenogrammasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "ssenariy Rossiya bilan urush olib borayotgan Yevropadagi voqealar rivoji va Rossiyaning NATO mamlakatlari hududidagi obektga kichik quvvatli yadro qurolini qo‘llashini o‘z ichiga olgan".

"So‘ngra qanday javob berish borasida mudofaa vaziri va prezident bilan suhbat o‘tkaziladi", - dedi AQSh mudofaa vazirligi vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh cheklangan javob qaytaradi. 

"Ular bizga kichik quvvatli yadro quroli bilan hujum qiladi. Mashg‘ulot vaqtida biz ham yadro qurolidan foydalanib javob qaytardik", - dedi u.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid