Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzax viloyatida yuz bergan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
Jizzaxda haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida oilasidan ayrildi
Joriy yilning 22 fevral kuni soat 03:30larda Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M39 avtomobil yo‘lining 984-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu tumanda yashovchi N.S. “Gaz-5327” rusumli yuk avtomashinasini Toshkent yo‘nalishida boshqarib borayotib, uxlab qolishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va avtomashina yo‘l chetiga ag‘darilgan.
Natijada yuk avtomashinasi salonida bo‘lgan haydovchining turmush o‘rtog‘i Sh.S. va voyaga yetmagan farzandi S.T. tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.
“Hurmatli haydovchilar, charchoq holatida transport vositasini boshqarmasligingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026