O‘zbekiston | 13:35 / 22.02.2020
25534
1 daqiqa o‘qiladi

Mart va apreldan boshlab ayrim telekommunikatsiya xizmatlariga tariflar o‘zgaradi

Gap Call-markazi, simlardan foydalanish, telefon so‘zlashuvlarining tafsilotlarini taqdim etish va boshqa xizmatlar haqida ketyapti

Foto: Shutterstock

«O‘zbektelekom» tomonidan 125-1/7-son («Shartnoma asosida (erkin) belgilanadigan «O‘zbektelekom» AK telekommunikatsiya xizmatlari uchun tariflar») narxnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Kiritilayotgan o‘zgartirishlarga muvofiq, Call-markazi, telegraf aloqasi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri simlardan foydalanish, telefon so‘zlashuvlarini shifrlash (tafsilotlari)ni taqdim etish va boshqa xizmatlarning shartlari hamda tariflari darajasi qayta ko‘rib chiqildi.

Tariflar bilan batafsil tanishib chiqish uchun havolalar:

3-son o‘zgartirish va qo‘shimchalar 2020 yil 1 martdan amal qiladi;

4-son o‘zgartirish va qo‘shimchalar 2020 yil 1 apreldan amal qiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid