O‘zbekiston | 07:39 / 22.02.2020
12653
1 daqiqa o‘qiladi

Past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari xususiy sektorga sotiladi

Past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini bosqichma-bosqich xususiy sektor sub'yektlariga sotish nazarda tutilmoqda

Foto: Sergey Malgavko

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

2020 yil 30 avgustga qadar Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:

sohani rivojlantirish uchun investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatini yaratish;

past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini bosqichma-bosqich xususiy sektor sub'yektlariga sotish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas'ullar - Energetika vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat raqobat qo‘mitasi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid