Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada O‘zbekistonning ikki fuqarosi halok bo‘ldi
Marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilinmoqda
O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi ma'lum qilishicha, 2020 yilning 18 fevral kuni Krasnodar shahridagi qurilish obektlaridan birida O‘zbekiston fuqarosi M.A. balandlikdan yiqilib tushib vafot etgan.
Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, 19 fevral kuni Volgograd oblasti Ilovlya tumanida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida birida O‘zbekiston fuqarosi Sh.J. halok bo‘lgan.
Mazkur fojiali vaziyatlar bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan. O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilinmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan hamda Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugi va Janubiy federal okrugi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Rostov-Don shahridagi mamlakat bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7-863-285-50-57.
Bundan oldin, Xabarovskda O‘zbekiston fuqarosi vafot etgandi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026