Sport | 19:58 / 23.02.2020
15270
2 daqiqa o‘qiladi

BAAda o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston Belarusga yutqazdi

Foto : O‘FA matbuot xizmati

BAAning Sharja shahrida O‘zbekiston hamda Belarus milliy jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini yakunlandi. 26-daqiqada BATE futbolchisi Pavel Nexaychuk urgan gol o‘yinda yagona bo‘ldi va Belarusga g‘alaba keltirdi.

O‘rtoqlik o‘yini
O‘ZBeKISTON — BeLARUS 0:1
BAA. Sharja, «Al Hamriya» stadioni

Gol: Pavel Nexaychik (26).
O‘zbekiston: Eldor Suyunov, Yegor Krimets, Umar Eshmurodov, Murod Xolmuhammedov, Oleg Zoteyev, Akbar Ismatullayev, Sanjar Qodirqulov, Abror Ismoilov, Jasur Jaloliddinov, Bobur Abduxoliqov, Igor Sergeyev.
Zaxiradan o‘yinga qo‘shilganlar: Sharof Muhiddinov, Humoyun Murtazoyev, Oybek Bozorov, Aziz Turg‘unboyev, Shohruz Norxonov.

18 fevraldan buyon BAAda yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy jamoasi ertaga 24 fevral kuni O‘zbekistonga qaytib keladi. Milliy jamoaning keyingi o‘yini 26 mart kuni Armanistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘ladi. 31 mart kuni Abramov shogirdlari Bahraynda JCh-2022 saralashi doirasida Yamanga qarshi o‘ynaydi.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid