6 mart kuni xorijiy davlatlarning Özbekistonga yangi tayinlangan elçilari tomonidan işonç yorliqlarini topşirişga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev favqulodda va muxtor elçilar – Misr Arab Respublikasidan Tomir Fathiy, Italiya Respublikasidan Pergabriyel Papadia de Bottini, Qirğiziston Respublikasidan Duyşonqul Çotonov, Belarus Respublikasidan Aleksandr Ogorodnikov, Gurjistondan David Kotariya va Turkiya Respublikasidan Ufuk Ulutaşning işonç yorliqlarini qabul qilib oldi.
Davlat rahbari diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini Özbekistondagi şarafli missiyasi boşlangani bilan samimiy tabrikladi.
Dunyoda ziddiyatlar keskinlaşib, geosiyosiy raqobat kuçayib borayotgan hozirgi davrda döst davlatlarning bir-birini qöllab-quvvatlaşi har qaçongidan ham muhim ekani ta’kidlandi. Bunday şaroitda Özbekiston özining oçiq va pragmatik taşqi siyosati bilan özaro hurmat va döstlikni mustahkamlab, dunyoning barça mintaqalaridagi davlatlar, xalqaro taşkilotlar va global moliyaviy institutlar bilan amaliy şeriklikni rivojlantirmoqda.
Prezident umumiy siyosiy iroda tufayli Markaziy Osiyo yaxşi qöşniçilik, işonç va integratsiya mintaqasiga aylanib borayotganini alohida ta’kidladi.

Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişini qöllab-quvvatlagani uçun diplomatik missiyalar rahbarlari vakillik qilayotgan mamlakatlar hukumatlariga minnatdorlik bildirildi.
Davlat rahbari Misr Arab Respublikasi elçisiga murojaat qilar ekan, uşbu mamlakat Özbekistonning Yaqin Şarqdagi işonçli hamkori ekanini ta’kidladi.
Özbekiston yetakçisi Italiya ulkan siyosiy va iqtisodiy salohiyatga ega muhim strategik şerik ekanini ta’kidladi. Italiya boş vazirining mamlakatimizga javob taşrifini taşkil etiş asosiy vazifa etib belgilandi.
Qirğiziston Özbekistonning yaqin qöşnisi va strategik şerigidir. Hukumatlararo va parlamentlararo komissiyalar, Hududlararo forum va Işbilarmonlar kengaşi faoliyati natijadorligini ta’minlaş zarurligi ta’kidlandi.
Sönggi yillarda Özbekiston-Belarus hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarildi. Davlat rahbari qişloq xöjaligi, elektrotexnika, yengil sanoat, soğliqni saqlaş, quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohalarida kooperatsiyani kuçaytiriş zarurligiga alohida e’tibor qaratdi. Hududlararo, tibbiyot va ta’lim forumlarini samarali ötkaziş muhimligi qayd etildi.








