Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimliklarning yana bir sohadagi faoliyati baholab boriladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining turizm sohasidagi faoliyati samaradorligini baholash mezonlari ishlab chiqiladi
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlarini yanada diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Vazirlar Mahkamasi:
a) 2019-2025 yillarda O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining turizm sohasidagi faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi quyidagilarni ta'minlaydi:
maqsadli ko‘rsatkichlarni bajarilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish;
maqsadli ko‘rsatkichlarni bajarish bo‘yicha joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan hisobotlari eshituvi bo‘yicha har chorakda Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi yig‘ilishini tashkillashtirish.
b) milliy bozorda turizm sohasida tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan turizm xizmatlarini yaratilishi zarur innovatsion biznes-g‘oyalar ro‘yxatini tasdiqlash.
Madaniyat vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi respublika madaniy meros obektlari hududlarida “Ozod hudud” mexanizmini joriy qilish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:
madaniy meros obektlariga “Toza hudud” maqomini berish;
madaniy meros obektlari hududlarida chiqindi qutilarini yetarli miqdorda o‘rnatish;
madaniy meros obektlari hududlarini obodonlashtirish va har kungi tozalash ishlarini amalga oshirish;
“Toza hudud” maqomiga ega madaniy meros obektlari hududlariga keluvchilar uchun o‘zini tutish qoidalari, shu jumladan axlat tashlash mumkin emasligi bo‘yicha eslatma ishlab chiqish.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026